» » “Toshkent—Jakarta—Toshkent” yo‘nalishida ilk aviareys amalga oshirildi (foto)

“Toshkent—Jakarta—Toshkent” yo‘nalishida ilk aviareys amalga oshirildi (foto)


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1-may kuni “Toshkent—Jakarta—Toshkent” yo‘nalishida ilk reysni amalga oshirdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Haftaning chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladigan mazkur qatnov Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.

Toshkendan ilk parvoz bilan kelgan yo‘lovchilar Jakartaning “Sukarno-Xatta” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan.

Shuningdek, 2-may kuni Jakarta shahrida ikki mamlakat rasmiy doira vakillari, jumladan O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, ikki mamlakat turistik kompaniyalari, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida turizm forumi tashkil etildi.

Avvalroq Uzbekistan Airways Jakartaga doimiy reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют