» » Farg‘onada bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimi axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi

Farg‘onada bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan tibbiyot xodimi axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi


Farg‘ona viloyatida voyaga yetmagan qo‘shnisi O.Valiyevga ukol qilish natijasida uning o‘limiga sabab bo‘lgan tibbiyot xodimi Fotimaxon Xolmatovaga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani sudi raisi Oybek Mirsodiqov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhum O.Valiyev xolasining uyida behi artayotib, chap qo‘l kaftini kesib olgan. Shifoxonada unga kerakli muolajalar qilinib, qo‘li tikib qo‘yilgan. Shundan so‘ng, O.Valiyevning qo‘lini onasi uy sharoitida o‘zi muolaja qilib, taxminan 7—8 kundan keyin tikilgan tan jarohatidagi ipni olib tashlagan.

Iplar olib tashlanib, jarohat qonaganidan so‘ng, ona bolaning qo‘lini yana bog‘lab qo‘yib, dorixonaga borgan. U yerdan jarohatni davolash uchun biror-bir dori berishni so‘raganida, sotuvchi shifokorga uchrashni maslahat bergan. Ona o‘g‘lini “Ortopediya” xususiy klinikasiga olib borganida, shifokor bolaning qo‘lidagi jarohat gazak olgani uchun dori qo‘yib, bog‘lab qo‘ygan.

Shundan so‘ng bola jarohati yuzasidan ikki kun davomida shifokor nazoratida bo‘lishi lozimligini uqtirib, “Seftriakson” dori vositasini yozib bergan, dorini shifoxonada qabul qilish kerakligini tushuntirgan. Lekin ona shifoxonada muolajaga navbat bo‘lganligi uchun kutib o‘tirmay, mahallasida yashovchi 77-sonli qishloq oilaviy poliklinikasida statistik ma’lumotlarni olish va jamlab boruvchi statist Fotimaxon Xolmatovaning uyiga borgan.

Undan o‘g‘liga shifokor yozib bergan dorini ukol qilib qo‘yishni so‘raganida, Fotimaxon Xolmatova “Seftriakson” va “Lidokain” dori vositalarini birga qo‘llab bo‘lmasligini, “Seftriakson”ga yana “Novokain” eritmasi ham kerakligini aytgan. Ertasiga Fotimaxon Xolmatova olib kelingan “Novokain” eritmasi kichkina ekanligini aytgan. Shunda O.Valiyevning onasi “Seftrakson” dori vositasini “Lidokain” eritmasi bilan ham qilib qo‘yaverishni iltimos qilavergan.

Oqibatda Fotimaxon Xolmatova rozi bo‘lib, “Seftriakson”ni “Lidokain” eritmasiga qo‘shib, namuna sifatida O.Valiyevning dumbasiga ukol qilgan. Shundan so‘ng O.Valiyevning ko‘ngli aynib qayt qila boshlagan. Fotimaxon Xolmatova ukolni to‘xtatib, tez yordam chaqirgan. Ammo O.Valiyev yo‘lda vafot etgan.

Sudda O.Valiyevning onasi o‘g‘lining vafoti yuzasidan shifokorlar va qo‘shnisi  Fotimaxon Xolmatovaga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini, ukol uning iltimosiga ko‘ra qilinganligi, sog‘lig‘iga bee’tibor bo‘lgani bois o‘g‘lining o‘limida o‘zini ham aybdor hisoblayotganini, sudlanuvchi Fotimaxon Xolmatovaga nisbatan yengillik berishni, imkoni bo‘lsa jazo tayinlamaslikni so‘ragan.

Sud Fotimaxon Xolmatovaning aybiga to‘liq iqrorligi, mansabdor shaxs emasligi, oilada yagona boquvchi ekanligi, asosiy kasbi tibbiyot sohasi bilan bog‘liqligi, boshqa kasbi yo‘qligi va oilaviy sharoiti og‘irligini inobatga olib, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 45-moddasida ko‘rsatilgan muayyan huquqdan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazoni tayinlamaslikni lozim topdi.

Sudda Fotimaxon Xolmatova Jinoyat Kodeksining 116-moddasi 3-qismi (ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют