» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” g‘alaba qozondi, “Chelsi”da esa durang (video)

Yevropa Ligasi. “Arsenal” g‘alaba qozondi, “Chelsi”da esa durang (video)


2-may, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/2 finali doirasida dastlabki uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi.

Unai Emeri boshqaruvidagi Londonning “Arsenal” klubi “Emireyts” stadionida Ispaniyaning “Valensiya” jamoasini qabul qildi.

O‘yin davomida “ko‘rshapalaklar” a‘zosi Muktar Diakabining urgan goliga “to‘pchilar” hujumchilar Aleksandr Lyakazettning dubli (18, 25-daqiqalar) va Pyer-Emerik Obameyangning yagona goli bilan javob qaytardi. Natijada London klubi o‘z uyida “Valensiya”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu kuni Mauritsio Sarri boshliq Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida maydon egalari hujumchisi Luka Yovich hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib “aristokratlar” hujumchisi Pedro Rodriges hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa londonliklar mehmonda kechgan bahsda “Ayntraxt Franfurt” bilan durang o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, yarim final javob o‘yinlari 10-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi

1/2 final bahslari

2-may, payshanba

“Arsenal”: Chex, Papastatopulos, Kolashinats, Mustafi, Koselni (Monreal, 82), Meytlend-Naylz, Gunduzi (Torreyra, 58), O‘zil (Mxitaryan, 75), Jaka, Obameyang, Lyakazett

“Valensiya”: Neto, Ronkalya, Garay, Gabriyel, Diakabi, Gedesh (Gameyro, 71), Soler (Vass, 71), Pichchini, Parexo, Gayya, Rodrigo (Santi, 88)

Ogohlantirishlar: Diakabi (31), Parexo (70)

“Ayntraxt F”: Trapp, Hinteregger, Falett, da Koshta, Abraam, Fernandes (Pasiyensiya, 73), Hasebe, Gachinovich (Villems, 90+2), Rode, Kostich, Yovich

“Chelsi”: Arrisabalaga, David Luiz, Emerson, Aspilikueta, Kristensen, Loftus-Chik (Kovachich, 83), Jorjinyo, Pedro, Kante, Villian (Azar, 61), Jiru

Ogohlantirishlar: Kristensen (19), Hasebe (58), Fernandes (61)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют