» » Senat raisi nogironlikni belgilashda qonunda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishini tanqid qildi 

Senat raisi nogironlikni belgilashda qonunda ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishini tanqid qildi 


Senat O‘zbekistonda nogironlikni belgilash borasidagi kamchiliklarni sabablarini dastlabki tarzda o‘rganib chiqdi. Bu haqda Senatning o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisi davomida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan 608 mingdan ziyod shaxslar istiqomat qiladi.

Ularga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etilgan, Davlat budjetidan salmoqli mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.

Biroq, nogironlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, nogironlikni belgilashda qator qiyinchiliklar va sun’iy to‘siqlar yuzaga kelmoqda.

“Xususan, normativ huquqiy hujjatlardagi tafovutlar hamda tashkiliy ishlardagi xatoliklar tufayli nogironning anatomik va fiziologik nuqsonlari aniq ko‘rinib turganiga qaramasdan, ular qator tibbiy ko‘riklardan qayta-qayta o‘tmoqda, mutaxassislarning eshigi oldida asossiz ravishda qo‘shtirnoq ichida “muruvvat” kutmoqda.

Bundan tashqari, tegishli qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlar nogironlardan asossiz talab etilmoqda.

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma, fuqarolar yig‘inidan ma’lumotnoma, nikoh guvohnomasi, ishdan bo‘shaganlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: tabiatan shundoq ham ko‘ngli yarim insonlarni sarson qilish kimga va nima uchun kerak?

Yillar davomida amalda bo‘lgan talab va me’yorlarni zamonga mos tarzda takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar nega shu paytgacha ko‘rilmayapti ?

Budjet mablag‘larini maqsadli sarflashni iddao qilayotgan mutasaddilarning talablari faqat nogironlarga qaratilganmi ?

Bu borada Hukumat chuqur tahlillar o‘tkazib, muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rishiga umid qilamiz”, — deydi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют