» » Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi qanday?


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Hujjat urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirishga qaratilgani qayd etildi.

Qonunda yer uchaskalarini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli organlar – Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, “Yergeodezkadastr” qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasining asosiy vazifalari belgilab berilmoqda

Shuningdek, yer uchaskalarini xususiylashtirish tartibi va xususiylashtirilgan yer uchastkalarining huquqiy maqomi tartibga solinmoqda. Yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilayotgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash bo‘lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur o‘lchamlardagi yer uchastkalari, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish imkoniyati nazarda tutilmoqda.

Qonunga ko‘ra tasdiqlangan va e’lon qilingan rejalashtirish sxemalari bo‘lmagan hududlarda joylashgan yer uchastkalari, foydali qazilmalar konlari joylashgan yer uchastkalari, davlat mulkidagi strategik ob’ektlar, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo‘ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o‘rmon va suv fondlarining yerlari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi.

Bunda Qonunda belgilab qo‘yilishicha, chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar (norezidentlar), fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar Yer kodeksida va xalqaro shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, xususiylashtirilgan yer uchastkalarini olish huquqiga ega emas. Qonun normalarida yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, Qonunda mustahkamlab qo‘yilishicha, xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlari hisoblanadi, xususiy mulk huquqi esa daxlsizdir va u davlat tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.

Hujjatda xususiylashtirilgan yer uchastkasini olib qo‘yishga faqat mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ushbu yer uchastkasiga qaratilganda, shuningdek natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.

Natsionalizatsiya qilish faqat davlat va jamoat ehtiyojlari uchun hamda yer uchastkasi mulkdorining roziligi olinganida amalga oshiriladi, bu tomonlar o‘rtasida teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar hollarida va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan vaqtinchalik olib qo‘yilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin.

Senatorlar Qonunni ma’qulladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют