» » O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi


Joriy yilning 30-aprel — 2-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov boshchiligidagi delegatsiya Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashining 16-majlisida ishtirok etdi, bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuv doirasida Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli jabhalarda samarali sheriklikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangicha yechimlar hamda “OHM nigohi — 2030”ga binoan, Osiyo xalqlarining umumiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida barqaror rivojlanishning ijtimoiy va iqtisodiy strategiyasi masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari mamlakatning Osiyoda hamkorlik muloqoti rolini oshirishni izchil qo‘llab-quvvatlashi, OHMning maqsadlari O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan siyosat yo‘nalishiga mos kelishi qayd etildi.

Dunyo ekspertlarining bergan baholariga ko‘ra, O‘zbekistonning ochiq siyosat yuritayotgani natijasida tarixan qisqa muddatlarda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mintaqada barqaror tinchlik vaziyati, do‘stona muhit va qulay sharoit vujudga kelgan.

Uchrashuv doirasida ishtirokchi davlat vakillari ishtirokida “Kichik va o‘rta biznes – barqaror iqtisodiy farovonlikning yangi harakatlantiruvchi kuchi” mavzusidagi biznes-forum o‘tkazildi.

Osiyoda hamkorlik muloqoti tashqi ishlar vazirlari kengashining 16-majlisi yakunida Osiyoda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollari borasidagi umumiy qarashlarni o‘zida aks ettirgan Doha deklaratsiyasi qabul qilindi.

Qatar davlati rahbari nomidan tashkil etilgan rasmiy tadbir doirasida Ilhom Ne’matov va Qatar amiri shayx Tamim bin Hammod al-Toniy o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. Amir Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy salomlarini va ezgu tilaklarini yetkazib qo‘yishni so‘radi. U O‘zbekiston Qatar uchun Markaziy Osiyodagi asosiy davlat va istiqbolli sherik hisoblanishini ta’kidladi.

Tashrif doirasida, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Taniy, Qatar taraqqiyot fondi va Qatarning “GWC” logistika kompaniyasi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют