» » Toshkentda LANDSHAFT OPEN.UZ festivali boshlandi (foto va video)

Toshkentda LANDSHAFT OPEN.UZ festivali boshlandi (foto va video)


Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining orqa tomonidagi bog‘da LANDSHAFT OPEN.UZ festivali boshlandi. Bu haqda Toshkent shahr hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bog‘ festival doirasida gulli arkalar, o‘simlik va gullar uyg‘unligidagi turli kompozitsiyalar bilan bezatilgan.

Festivaldan maqsad O‘zbekistonda landshaft turizmini rivojlantirishdan iborat. Festival doirasida kelinlar paradi, turli mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir tashkilotchilari Landscape group MChJ, “BM Anklaf” MChJ, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston landshaft san’ati uyushmasi hamda Tadbir tashkilotchilari jamiyati hisoblanadi.

Festival 5-mayga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют