» » “Real” 60 mln yevro evaziga to‘purar hujumchi bilan shartnoma imzolaydi

“Real” 60 mln yevro evaziga to‘purar hujumchi bilan shartnoma imzolaydi


“Real” “Ayntarxt” hujumchisi Luka Yovichning transferi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda AS xabar berdi.

21 yoshli serbiyalikning transfer summasi 60 million yevroni tashkil etadi. Madridliklar nemis klubiga 48 million, futbolchining sobiq jamoasi “Benfika”ga esa 12 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

“Qirollik klubi” hujumchi bilan 6 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yovich “Ayntarxt”ga 2017-yilda “Benfika”dan ijara asosida kelib qo‘shilgandi. Aprel oyida esa Germaniya klubi futbolchini to‘liqligicha sotib olgandi.

Eslatib o‘tamiz, Luka Yovich joriy mavsum Bundesliga doirasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, raqib darvozasiga 17 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 37) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют