» » “Arsenal”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi

“Arsenal”ning joriy mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi ma’lum bo‘ldi


“Arsenal” hujumchisi Aleksandr Lyakazett klubning 2018/19-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda London klubining rasmiy saytida xabar berildi.

So‘rov natijasiga ko‘ra, muxlislar 27 yoshli fransuzga 35 foiz ovoz berdi.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Lyakazett joriy mavsum Premyer ligada 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi Yevropa Ligasi 1/2 finalining dastlabki o‘yinida “Valensiya” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgandi (3:1).

Avvalroq u mazkur musobaqada haftaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют