» » A Seriya. Ronaldu to‘purarlar bahsida Pyontek va Sapataga yetib oldi

A Seriya. Ronaldu to‘purarlar bahsida Pyontek va Sapataga yetib oldi


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 35-turida “Yuventus” klubi “Torino” bilan durang o‘ynadi (1:1).

Uchrashuvning 84-daqiqasida “keksa-sinyora” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni tenglashtirdi (1:1).

Bu uning joriy mavsum A Seriyadagi 21-goli bo‘ldi. Natijada u musobaqa to‘purarlari bahsida Kshishtof Pyontek (“Milan”) hamda Duvan Sapataga (“Atalanta”) yetib oldi.

Bu borada “Sampdoriya”ning 36 yoshli hujumchisi Fabio Kvalyarella 23 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu bundan tashqari 11 ta golli uzatma berishga ham erishdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют