La Liga. “Barselona” “Selta” mehmoni bo‘ladi, “Atletiko M” esa “Espanyol”ga qarshi maydonga tushadi
3-may, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 36-tur uchrashuvlari boshlandi.
Tur dastlabki bellashuvida “Leganes” safarda “Sevilya”ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida mehmon jamoa a’zolari Yussuf an-Nosiri (7), Martin Breytueyt (19) hamda Oskar Rodriges (82) urgan gollar “Leganes”ga yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (3:0).
4-may, shanba kuni musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan Madridning “Atletiko” klubi “Espanyol” mehmoni bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “matraschilar” avvalgi turda “Valyadolid”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).
Shu kuni muddatidan avval chempionlikni nishonlagan Kataloniyaning “Barselona” jamoasi safarda “Selta”ni sinovdan o‘tkazadi. Bellashuvga soat 23:45 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “ko‘k-anor ranglilar” 35-turda Lionel Messining goli evaziga “Levante”ni yutgandi (1:0).
5-may, yakshanba kuni Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da “Vilyarreal” bilan bahsga kirishadi. To‘qnashuv soat 19:15 da start oladi. Qayd etish joiz, “Qirollik klubi” avvalgi turda “Rayo Valyekano”ga yutqazib qo‘ygandi (0:1).
La Liga
36-tur bahslari
3-may, juma
Gollar: 0:1 — 7 an-Nosiri, 0:2 — 19 Breytueyt, 0:3 — 82 Rodriges
4-may, shanba
5-may, yakshanba
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
- отсутствуют