» » Toshkentda uch tanishini 298 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda uch tanishini 298 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkentning Samarqand Darvoza tor ko‘chasida yashovchi X.U. 2018-yil mart oyida uyida tanishlari — Toshkent viloyatida yashovchi Z.A., I.A. va Toshkent shahrida yashovchi X.A.ga o‘zini Sergelidagi katta miqdorda pul aylanmasi bo‘lgan korxonaning rahbari ekanini aytgan.

Ularga, agar foyda olishni xohlashsa, 100 ming dollardan hissa qo‘shishsa, korxonaga ta’sischi qilib rasmiylashtirishini va har oy 20 ming dollardan foyda olishlarini ham qo‘shimcha qilgan, deya xabar bermoqda IIV.

2018-yilning mart—aprel oylarida X.U. ikki tanishidan 100 mingdan, yana biridan esa 98 ming — jami 298 ming dollar miqdoridagi pulni aldov yo‘li bilan olib, o‘zining ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

IIVning xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.U. qo‘lga olingan. “Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют