» » Superliga. OKMK “Surxon”ni qabul qiladi, “Bunyodkor” esa “Qizilqum” mehmoni bo‘ladi

Superliga. OKMK “Surxon”ni qabul qiladi, “Bunyodkor” esa “Qizilqum” mehmoni bo‘ladi


5-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turi doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida “Andijon” klubi o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 17:20 da boshlanadi. Ma’lumot uchun, andijonliklar 6 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. “Dinamo” hisobida esa 8 ochko mavjud va jamoa 8-o‘rinni band qilib turibdi.

Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi “Surxon”ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 17:30 da start oladi. Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar avvalgi turda “Nasaf”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:4). “Surxon” esa “Andijon” bilan durang o‘ynagandi (0:0).

Vadim Abramov boshliq Toshkentning “Bunyodkor” klubi mehmonda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan o‘ynaydi. Bahsga soat 19:45 da start beriladi. Qayd etish joiz, toshkentliklar 6-turda “Buxoro” bilan durang natija qayd etgan bo‘lsa (2:2), navoiyliklar Toshkentning boshqa bir klubi “Lokomotiv”ga 1:3 hisobida yutqazgandi.

Superliga

7-tur bahslari

5-may, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют