» » Samarqandning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi

Samarqandning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi


Samarqand shahar hokimining 2019-yil 4-maydagi 212-F-sonli farmoyishiga asosan, “9-may – Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat tartibini saqlash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi, deya xabar beradi Zarnews.

Ushbu ko‘chalar ro‘yxati va ularning yopiq bo‘lishi vaqti quyidagicha:

6-may kuni soat 7:00 dan 11:00 gacha:

— Registon ko‘chasining Registon maydonidan Amir Temur haykali yonidagi maydonigacha bo‘lgan qismi;

— Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur haykali yonidagi maydonigacha bo‘lgan qismi;

— Universitet xiyoboni ko‘chasi, G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi.

7-may kuni soat 7:00 dan 11:00 gacha:

— Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Amir Temur ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

9-may kuni soat 7:00 dan 17:00 gacha:

— Kamol Ota Turk ko‘chasining Shohrux ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Alisher Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют