» » Samarqandda urush faxriylariga Prezident tabrigini viloyat hokimi o‘qib bermoqda

Samarqandda urush faxriylariga Prezident tabrigini viloyat hokimi o‘qib bermoqda


Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan urush faxriylariga Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 74 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tabriknomasi va pul mukofoti tantanali topshirilmoqda. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.

Viloyat hokimi E.Turdimov bugun ham tuman va shaharlarda istiqomat qilayotgan urush qatnashchilari xonadoniga borib, davlat rahbari yo‘llagan tabriknoma va pul mukofoti, shuningdek, viloyat hokimligining sovg‘alarini topshirdi.

Samarqand shahridagi Tashabbuskorlar mahallasida yashovchi Juma Hasanovning xonadonida kechgan suhbatda viloyat hokimi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari davlatimizning doimiy e’tiborida ekanini ta’kidlab, otaxonga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

– Siz kabi insonlarni qadrlash, e’zozlash biz uchun sharafli burch hisoblanadi, – dedi viloyat hokimi. – Muhtaram Prezidentimiz tabriklarida qayd etilganidek, “Fashizm degan yovuz balo bosh ko‘targan mudhish va suronli yillarda Siz azizlar joningizni ayamasdan, Vatan himoyasi va ozodligi yo‘lida mardona kurashdingiz. Sizlar kabi ming-minglab mard ota-bobolarimiz, onalarimizning matonati va jasorati insoniyatni halokatdan asrab qoldi.” Buning uchun barchamiz Siz kabi fidoyi insonlar oldida doim qarzdormiz. Ilohim, sog‘ va omon bo‘lib, doim elimizning, davlatimizning e’zozida yuring, deymiz.

Ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan Samarqand shahridagi Motrid mahallasida yashovchi Fazliddin bobo Asliddinov g‘oyat mamnun ekanini aytdi.

– Yoshim 95 da, – deydi Fazliddin bobo. – Avval ocharchilikni, so‘ng qirg‘inbarot urushning azob-uqubatlarini boshdan o‘tkazdik. Dahshatli jang maydonlaridan omon-eson qaytishimizning o‘zi bir davlat deb, tiklanish yillarida ham birimiz ikki bo‘lmay mehnat qildik. Mustaqillik yillaridagina haqiqiy e’zoz-ehtiromga erishdik. Viloyat hokimining o‘zi xonadonimizga kelib, davlatimiz rahbarining bizga yo‘llagan tabrigi va boshqa sovg‘alarini topshirganidan boshim osmonga yetdi. Shu kunlarda o‘zimni yoshargandek his etyapman, yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbaridan, hukumatimizdan behad minnatdorman.

Viloyat hokimi, shuningdek, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi, harbiylar va keng jamoatchilik vakillarining Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Said Umar Asanov, Sabo To‘raqulov, Grigoriy Tokarevlarning xonadoniga tashrifi ham bayramga aylanib ketdi. Prezident nomidan bayram tabrigi, pul mukofoti va viloyat hokimligi sovg‘alarini qabul qilib olgan otaxonlar el-yurtga tinchlik-osoyishtalik tiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют