» » “Vaqf” fondi Samarqandda 4 ta masjid qurmoqda

“Vaqf” fondi Samarqandda 4 ta masjid qurmoqda


“Vaqf” fondi rahbari Iskandar Xalilov Samarqand viloyatida fond mablag‘lari hisobiga qurilayotgan masjidlardagi jarayonlar bilan tanishish maqsadida Urgut, Tayloq va Nurobod tumanlarida bo‘ldi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki manzil Tayloq tumanidagi “Yastepa” jome’ masjidi bo‘ldi. Ushbu masjidning eski binosi avariya holatida bo‘lganligi sabab ibodat qilish qiyin ahvolga kelib qolgan edi. Masjid imom-xatibi hamda qishloq fuqarolarining murojaatiga ko‘ra “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan yangi bino bunyod etilib, ayni paytda bezash ishlari amalga oshirilmoqda.

Keyingi manzillar Urgut tumanidagi “Mulla Ishoq” va “Uzun” jome’ masjidlari bo‘lib, bu ikki masjid ham anchayin eski va kichikligi sabab qishloq ahli tomonidan “Vaqf” fondiga yordam so‘rab murojaat qilingan. Arizalari inobatga olinib fond tomonidan qisqa vaqt ichida zamonaviy, barcha qulayliklarga ega yangi masjid qad rostladi. “Uzun” jome’ masjidining esa tom qismi va bezak ishlari fond mablag‘lari hisobiga bitkazildi.

Samarqand viloyatidagi so‘nggi manzil Nurobod tumani Sariko‘l qishlog‘ida bunyod etilayotgan “Sariko‘l” jome’ masjidi bo‘ldi. Ushbu masjidning ahamiyatli tomoni Toshkent—Buxoro magistral yo‘li yoqasida joylashganidir.

— Bu yo‘ldan har kuni minglab sayyohlar va fuqarolar o‘tishadi, eski masjidimiz ko‘rimsiz holatga kelib qolgan edi, tahoratxona esa ayanchi ahvolda edi, — deydi masjid imom-xatibi.

Ayni damda bunyod etilayotgan masjid binosi ko‘rkam, hashamatli bo‘lib, qulay tahoratxonaga ega. Yo‘l yuzida joylashganligi sabab sayyohlar va yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida muslima ayollar uchun ham alohida xonaqoh va masjid qad rostlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют