» » Sherzodxon Qudratxo‘jayev: O‘zbek tili maqomini mustahkamlash uchun internetda o‘zbekcha kontentni ko‘paytirish zarur

Sherzodxon Qudratxo‘jayev: O‘zbek tili maqomini mustahkamlash uchun internetda o‘zbekcha kontentni ko‘paytirish zarur


Sherzodxon Qudratxo‘jayev o‘zbek tilining bugungi holati atrofidagi bahslarga qo‘shilib, bu boradagi vaziyatni o‘nglash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Xorijga, masalan, deylik Turkiyaga borsangiz, u yerda turklar siz qanday millatga mansub bo‘lishingizdan qat’iy nazar turk tilida so‘zlashadi. Ular bizlarga o‘xshab, 10-15 kishi o‘z ona tilida gaplashib turganida bitta ajnabiy qo‘shilsa likillab uni tilida “tvaya-maya” qilmaydi.

Yoki, agar Xitoyga borsangiz, Xitoy aholisi siz bilan faqat chin tilida so‘zlashadi. Ular sizni o‘z milliy tilida so‘zlashishga, o‘z yeri, o‘z millati va albatta, o‘z tilini hurmat qilishga majbur etadi. Shunday ekan, nega biz faqat o‘z tilimizda so‘zlashmaymiz, nega ona tilimizni hurmat qilishga boshqalar tugul, hatto o‘zimizni majbur etolmaymiz?!

Hozir keksa avlod vakillari ko‘targan bu masalani hozir to‘g‘ri hal etmasak, kunlar o‘tib uning oqibatlari bizga juda ham qimmatga tushadi. Eng achinarlisi, bu masalaga tashqaridagilardan birortasini aybdor etolmaymiz. Chunki, bu oqibatlarga faqat o‘zimiz — o‘zbeklar aybdor bo‘lamiz.

Xo‘sh, nimalar qilmoq darkor desak, IMHOlar shunday:

Internetda o‘zbekcha kontentni keskin ko‘paytirish (“Vikipediya”, Google), o‘zbek tilidagi veb-saytlar, e-kutubxonalar sonini ko‘paytirish, sifatini oshirish;

Milliy kino va teatr, madaniy sohada inqilob qilish, bugungi daraja aslo qoniqarli emas;

O‘zbek tilidagi romanlar, adabiy asarlar, musiqa mahsulotlarini keskin ko‘paytirish kerak;

Ko‘chalarimizdagi peshtaxtalardagi yozuvlarni tanqidiy ko‘rib chiqish kerak, bu ketishda yaqinda mo‘g‘ulcha ham yozib, osib qo‘yishadi.

Shum bola ta’biri bilan aytganda: “Endi bildim, nima qilish kerakligini” — sevish kerak ona tilini, so‘zlashish kerak, ardoqlash kerak uni!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 43) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют