APL. “Arsenal” o‘z maydonida “Brayton”ni yuta olmadi
5-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 37-turida Londonning “Arsenal” klubi o‘z uyida “Brayton” bilan o‘ynadi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). 61-daqiqaga kelib esa mehmon jamoa a’zosi Glenn Myurrey ham penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi (1:1).
Shu tariqa londonliklar o‘z maydonida “Brayton” bilan durang o‘ynadi va jamolar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” 67 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. 17-o‘rinda borayotgan “Brayton” hisobida esa 36 ochko mavjud.
37-tur bahsi
5-may, yakshanba
Gollar: 1:0 – 9, penalti, Obameyang, 1:1 – 61, penalti, Myurrey
“Arsenal”: Leno, Monreal, Lixtshtayner (Kolashinats, 77), Mustafi, Papastatopulos, Torreyra, Mxitaryan (Gunduzi, 77), O‘zil, Jaka (Ivobi, 77), Lyakazett, Obameyang
“Brayton”: Rayan, Dank, Bernardo, Saltor, Daffi, Gross (Kayal, 90+2), Stivens, March, Bissuma, Jahonbaxsh (Knokert, 46), Myurrey (Andone, 78)
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (14), Gross (45), Jaka (60), Dank (63), Lixtshtayner (64), Gunduzi (83), Mustafi (84)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz