» » Orange2Fly va Pegasus Airlines loukosterlari O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda

Orange2Fly va Pegasus Airlines loukosterlari O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda


Gretsiyaning Orange2Fly hamda Turkiyaning Pegasus Airlines loukoster kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Qosimxo‘jayevga asoslanib, “Podrobna.uz” xabar berdi.

“Orange2Fly va Pegasus Airlines bilan jiddiy ishlayapmiz, ‘Davavianazorat’ va ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ birgalikda ular bilan muzokara o‘tkazmoqdamiz. Ushbu aviakompaniyalarda O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha reja mavjud. Shuningdek, Rossiya loukosterlari ham qiziqishini bildirmoqda. Umumiy hisobda 14 ta xorij aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda, ular orasida nafaqat loukosterlar, balki KLM, Emirates Airlines, Lufthansa, Air France kabi gigantlar ham bor”, — deydi Ulug‘bek Qosimxo‘jayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xorij aviatashuvchilarining bu kabi qiziqish bildirishiga hozirda O‘zbekiston o‘zining turistik brendini faol rivojlantirishga intilayotgani va shunga mos ravishda sayyohlar oqimining ortishi sabab bo‘lmoqda.

“Xorij aviakompaniyalari bizning bozorni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Nega bu sodir bo‘lyapti? Chunki biz O‘zbekistonning turistik brendini jahon miqyosida targ‘ib qilishga jiddiy kirishganmiz. Masalan, arab mamlakatlari aholisi bizning yurtimizga turistik yo‘nalishda katta qiziqish bilrmoqda. Ushbu mamlakatlar vakillari avvallari Suriyadagi tog‘larga borgan bo‘lsa, endilikda qayerga sayohat qilishga hayron. To‘g‘ri, Ozarbayjon ham bor, lekin bu kichkina mamlakat. Bizda esa Boysun, Jizzax, Toshkent viloyati va Namanganda tog‘lar bor. Bizda to‘rtta yirik tog‘ klasteri mavjud”, — deydi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют