» » IIBB toshkentlik aka-uka Bahramovlarni Suriyaga jo‘nashga urinishda ayblamoqda

IIBB toshkentlik aka-uka Bahramovlarni Suriyaga jo‘nashga urinishda ayblamoqda


OAVda Toshkentda tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi Ubaydulla va Ismatulla Bahramovlar Toshkent shahar IIBB tomonidan noqonuniy hibsga olinganligi va ularga nisbatan nohaq ayblov qo‘yilayotganligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB rasman izoh berdi.

IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, joriy yil 20-aprel kuni 1985-yilda tug‘ilgan Ubaydulla Bahramov va 1987- yilda tug‘ilgan Ismatulla Baxramov Suriya davlati hududidagi xalqaro terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportiga ketayotgan vaqtlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Tekshiruv davomida ularning yonlaridan “Toshkent — Istanbul” yo‘nalishi bo‘yicha 20-aprel kungi reysga sotib olingan aviabiletlar va mobil telefonlari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, U. Bahramovning mobil telefonlari xotiralarida aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar mavjudligi aniqlandi.

U. Bahramov va I. Bahramovning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 244-2-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov jarayonida mazkur shaxslarning qonuniy manfaatlari advokat M.Parpiyeva tomonidan himoya qilinib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют