» » Yangiyerda Toshkent kimyo-texnologiya instituti filiali tashkil etiladi

Yangiyerda Toshkent kimyo-texnologiya instituti filiali tashkil etiladi


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Sirdaryo viloyati hokimligining Yangiyer shahrida TKTIning Yangiyer filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Qaror loyihasida filialning asosiy vazifalari etib kimyoviy texnologiyalarning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini yechishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish va boshqalar belgilangan.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiga 2019/2020-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 175 ta qabul kvotasi ajratiladi.

Hujjatda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab filial uchun respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha maqsadli qabul kvotalari ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, filialni yuqori malakali, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar bilan ta’minlash maqsadida tayanch doktoranturaga filial uchun 2020-yildan boshlab belgilangan tartibda kvotalar ajratilishini ta’minlash belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют