» » Toshkentda gidrometeorologiya boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkentda gidrometeorologiya boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda


Toshkentda gidrometeorologiya boshqarmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, kuzatuv gidrometeorologik tarmog‘ini kengaytirish maqsadida “Toshkent—Vostochniy” aviameteostansiyasi, “Amirsoy”, “Beldersoy”, “Orzu” va “Chodak” qorko‘chki stansiyalari, “Nurafshon”, “Ohangaron”, “Guliston”, “Zamin” va “Sangardak” meteorologiya stansiyalarini, shuningdek, 12 ta agrometeorologiya postlarni ochish taklif etilgan.

Bundan tashqari, 2019—2025-yillar uchun O‘zbekistonning gidrometeorologiya xizmati innovatsion rivojlanish konsepsiyasini va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasini tasdiqlash rejalashtirilgan.

Loyihada O‘zbekistonning gidrometeorologiya xizmatining davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlari belgilovchi maqomining yo‘qligi, bu esa gidrometeorologik faoliyatni tartibga solish va davlat va xususiy sektorga gidrometeorologiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun huquqiy asos yaratish imkonini bermasligi aytib o‘tilgan.

O‘zgidromet hududiy bo‘linmalarining yetarlicha rivojlanmaganligi prognozlarni tayyorlash va xavfli hodisalarni kuzatishda boshqaruvni ortiqcha markazlashtirishga olib kelgan.

Bundan tashqari, qorko‘chki stansiyalarining hozirgi miqdori tog‘li hududlarda tizimli prognostika va ko‘chkiga qarshi choralarni ta’minlamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют