» » Oliy sud raisi o‘rinbosari Andijonda o‘tkazgan sayyor qabul davomida uchta oilani yarashtirdi

Oliy sud raisi o‘rinbosari Andijonda o‘tkazgan sayyor qabul davomida uchta oilani yarashtirdi


4-may, juma kuni Oliy sud raisi o‘rinbosari, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Xolmo‘min Yodgorov va Oliy sud sudyalari Andijon shahri hamda Bo‘z tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov xabar berdi.

Ushbu tumanlardagi Xalq qabulxonalarida o‘tkazilgan qabullar davomida 97 nafar fuqaroning murojaati qabul qilinib, ularning 49 qanoatlantirilib, 20 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi, 1 nafar fuqaroning shikoyati nazorat tartibida o‘rnatildi.

Shuningdek, Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida videokonferensaloqa tartibida ochiq sayyor sud majlisini o‘tkazdi.

Unda belgilangan hukmlarga asosan Qarshi shahridagi 3-sonli JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan R.Madaminov, Navoiy shahar 4-sonli JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan A.Jo‘raboyev, Bo‘stonliq tuman 7-sonli JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan B.Axmedovlarning nazorat tartibda bergan shikoyatlari ko‘rib chiqildi.

Sudlov hay’ati hukmiga ko‘ra yaqin qarindoshlari tomonidan jabrlanuvchilarga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlar to‘liq qoplanganligi sababli sudlanuvchi B.Axmedovga tayinlangan jazo o‘zgartirilib, unga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi va shu yerning o‘zida jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilindi.

Sudlanuvchi R.Madaminov va A.Jo‘raboyevlar esa tayinlangan jazo jarima jazosi bilan o‘zgartirildi va qamoqdan ozod qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan o‘tkazilgan ochiq sud majlisida esa Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 3-qismi, “a” bandi bilan Sardorbek Mamajonovga oid jinoyat ishi sudda mazmunan ko‘rilib, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlar to‘liq qoplanganligi, uning muqaddam sudlanmaganligi, shuningdek, O‘zbekiston Oliy sudi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi o‘rtasida 2017-yil 5-dekabrda tuzilgan “Yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumga asosan Yoshlar ittifoqining viloyat kengashi tomonidan berilgan kafillik xati asosida unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanib, qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalidan ozod qilindi.

Bundan tashqari, Bo‘z tuman hokimligi binosida fuqarolar ishtirokida ajrashish yoqasida turgan shahrixonlik Lochinbek Qodirov va Maxbubaxon Qodirova, ulug‘norlik Ilyosbek Botirov va Shoxsanam Abdumajidova, baliqchilik Farrux Valiyev va Nafisaxon Valiyevalarning sudga qilgan murojaatlari ko‘rib chiqilib, qonuniy tartibda tegishli tushuntirishlar berilib, yarashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют