» » 7-may kuni Toshkentdagi Humo arena muz saroyida vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi

7-may kuni Toshkentdagi Humo arena muz saroyida vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi


Ertaga, 7-may kuni Humo arena muz saroyi hovlisidagi ochiq maydonda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan vatanparvarlik festivali tashkil etiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbiridan harbiy orkestr va san’atkorlarning vatanparvarlik ruhidagi kuy va qo‘shiqlaridan iborat konsert dasturi, harbiy texnika va qurol-aslaha namoyishi, yurt himoyachilarining qo‘l jangi va saf elementlari bilan chiqishlari o‘rin olgan.

Festivalda barcha o‘zbekistonliklar va mamlakat mehmonlari ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Tadbir ertalab soat 9:00 dan boshlanib, kechki 19:00 gacha davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют