» » TIV Hindiston va Bangladeshdagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

TIV Hindiston va Bangladeshdagi O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi


Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlariga yopirilgan “Fani” sikloni natijasida 2 milliondan ortiq kishi xavfli zonadan evakuatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga asoslanib, Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

“Ikki mamlakatda o‘nlab kishilar tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, mintaqada davlat idoralari, aeroportlar yopildi, poyezdlar va boshqa transport vositalari harakati to‘xtatildi”, — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti Hindiston va Bangladeshning yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga “Fani” sikloni ta’siridagi hududlariga borishni vaqtinchalik to‘xtatishlarini tavsiya qiladi va Nyu-Dehli shahridagi O‘zbekiston elchixonasining telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют