» » Indoneziyaning eng mashhur bloggerlar oilasi yana O'zbekistonga tashrif buyurdi

Indoneziyaning eng mashhur bloggerlar oilasi yana O'zbekistonga tashrif buyurdi


Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhur bloggerlardan biri, Indoneziyadagi o‘n bir nafar farzandli Gen va Halilintar oilasi ayni paytda O‘zbekistonning turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi ijodiy safar bilan mamlakatda bo‘lib turibdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Oqqulov Farg‘onada tasvir ishlarini olib borayotgan ijodiy guruh bilan uchrashib, O‘zbekiston turizmini faol targ‘ib etayotgan bloggerlar bilan suhbatlashdi.

“Biz aynan ikki mamlakat poytaxtini bog‘lab turuvchi ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ MAK havo laynerida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi taklifi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovni amalga oshirdik. Bu esa joriy yilgi faoliyatimizni yanada jonlantiradi. Biz nafaqat qadimiy Samarqand, Buxoro shaharlarini, balki so‘lim va betakror, yirik turizm salohiyatiga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi haqida ham maxsus video materiallar tayyorlash niyatidamiz. Bu yerdagi 3 kunlik tashrifimiz davomida qo‘mita bilan hamkorlikdagi Ramazon oyiga bag‘ishlangan maxsus targ‘ibot roligini tasvirga olmoqdamiz hamda ijodiy safarimiz samarali o‘tishiga ishonchimiz komil”, — deydi mehmonlar.

Gen va Halilintar O‘zbekiston hamda Indoneziya o‘rtasida turistik imkoniyatlar uchun keng yo‘l ochib berilayotgani, Jakartadan Toshkentga qadar ochilgan aviaqatnovlar xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini bildirdi.

Gen va Halilintar oilasi King of YouTube (“YouTube qiroli”) degan nomga sazovor bo‘lib, oila o‘zining YouTube’dagi kanalida juda katta – 40 millionlik auditoriyaga ega. YouTube platformasida ularning tomoshabinlari soni 2 millarddan ortiqni tashkil etadi. E’tiborlisi, ular necha yildirki, O‘zbekiston haqida maxsus materiallar tayyorlab, ularni tomosha qilayotganlar soni 150 mingdan oshgan.

Ijodiy guruh tomonidan joriy yilning yanvar oyida Chimyon tog‘larida, Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida tasvirga olingan “Ziggi-Zagga” nomli qo‘shig‘iga ishlangan klip 50 million marta tomosha qilingan.

“2014-yilda Gen va Halilintar oilasi Samarqandda sayohatda bo‘lib, O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy inshootlar, muqaddas qadamjolar va xalq madaniyati, an’ana va urf-odatlari haqida “O‘zbekiston – mehmondo‘st davlat” (“Uzbekistan negara sahabat”) nomli kitob yozdi. Bu kitob 100 ming nusxada nashr etilib, Indoneziyada juda mashhur bo‘lgan. Mazkur kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Samarqandda nashr etilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Yaqin kunlarda Gen va Halilintar oilasi O‘zbekistonning Indoneziyadagi logo sfera targ‘ibotchisi maxsus sertifikati bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют