» » Shri-Lanka politsiyasi: Orolda amalga oshirilgan teraktning barcha gumonlanuvchilari qo‘lga olindi

Shri-Lanka politsiyasi: Orolda amalga oshirilgan teraktning barcha gumonlanuvchilari qo‘lga olindi


Shri-Lanka politsiyasi boshlig‘i 21-aprelda sodir etilgan teraktrga aloqador barcha shaxslar va  gumonlanuvchilar qo‘lga olingani yoki yo‘q qilinganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.

21-aprel kuni Shri-Lankadagi sakkizta cherkov va mehmonxonalarda “Pasxa” bayramini nishonlash vaqtida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda 250 kishi halok bo‘lgan, 480 dan ortiq odam jarohat olgan. Politsiya 40 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan edi. Shri-Lankadagi terakt bo‘yicha mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga olgan. Shri-Lanka hukumati ushbu teraktlarni Yangi Zelandiyadagi masjidga amalga oshirilgan hujum uchun qasos deb baholamoqda.

23-aprel kuni Shri-Lanka prezidenti Maytripala Sirisena mamlakatdagi xavfsizlikka javob beradigan barcha idora rahbarlarini ishdan bo‘shatishni ma’lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют