» » MIB qarzdor korxonadan “Hamkorbank” ATB foydasiga qariyb 46 million so‘m undirib berdi

MIB qarzdor korxonadan “Hamkorbank” ATB foydasiga qariyb 46 million so‘m undirib berdi


“Agrotex chorva servis” xususiy korxonasidan undiruvchi “Hamkorbank” ATB Jizzax filialiga 43 million 802 ming so‘m kreditning asosiy qarzi, 379 ming 236 so‘m kredit foizi to‘lanishi lozim bo‘lgan, deb yozadi O‘zA.

Lekin, xususiy korxona ushbu qarzdorlikni to‘lashni ortga surib kelgan.

Ushbu holat yuzasidan sudning qarori asosida Majburiy ijro byurosi G‘allaorol tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli boshlang‘ich bahosi 70 million so‘m bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi binosi hamda boshlang‘ich bahosi 55 million so‘m bo‘lgan Nexia rusumli avtomashina xatlandi.

Shundan so‘ng xususiy korxona 44 million 181 ming so‘m kredit qarzini, sud xarajatlari uchun 1 million 767 ming so‘m davlat bojini hamda 919 ming so‘m ijro yig‘imini to‘liq to‘lab berdi.

“Xususiy korxona kredit qarzini vaqtida qaytarganida, davlat boji va ijro yig‘imi uchun jami 2 million 686 ming so‘m qo‘shimcha pul to‘lamasdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют