» » “Aeroflot” Sheremetyevodagi fojia oqibatida halok bo‘lganlar oilasi va omon qolgan yo‘lovchilarga tovon puli to‘laydi

“Aeroflot” Sheremetyevodagi fojia oqibatida halok bo‘lganlar oilasi va omon qolgan yo‘lovchilarga tovon puli to‘laydi


“Aeroflot” aviakompaniyasi Sheremetyevo aeroportida Sukhoi Superjet samolyoti halokati oqibatida halok bo‘lganlar oilasiga 5 million rubl, jarohatlanganlar oilasiga 2 million rubl, shifoxonaga yotqizilmagan yo‘lovchilarga esa 1 milliondan tovon puli to‘laydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“ SU1492 reysining shifoxonaga yotqizilmagan yo‘lovchilariga bir million rubldan, fojia oqibatida shifoxonaga yotqizilgan yo‘lovchilarga ikki million rubl va halok bo‘lgan yo‘lovchilar oilasiga esa besh milliondan tovon puli to‘lash haqida qaror qabul qilindi”, — deyiladi “Aeroflot” xabarida.

5-may kuni Moskva shahridan Murmansk shahriga yo‘l olgan Sukhoi Superjet 100 samolyoti parvozdan 28 daqiqa o‘tib Sheremetyevo aeroportiga shoshilinch tarzda qaytgan. Samolyot noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkinchi urinishda aeroportga qo‘ngan.

Qo‘nish jarayonida samolyotning dvigateli alangalandi. Halokat oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi.

Rossiya tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, halokat oqibatida samolyot bortida bo‘lgan 78 kishidan 37 nafari, xususan besh nafar ekipaj a’zosidan to‘rt nafari va 33 nafar yo‘lovchi omon qolgan.

Hodisa qurbonlari oila a’zolariga va jabrlanuvchilarga tovon puli bugun, 7-maydan boshlab to‘lana boshlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют