» » Ozbekiston qudratli mamlakatlardan qaysi birini tanlaydi? Abdulaziz Komilov izoh berdi

Ozbekiston qudratli mamlakatlardan qaysi birini tanlaydi? Abdulaziz Komilov izoh berdi


Ozbekiston qudratli mamlakatlar mamlakatga sarmoya kiritish uchun bir-birlari bilan raqobatlashayotgan vaziyatni olqishlaydi. Bu haqda Ozbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Financial Times gazetasiga bergan intervyusida malum qildi, deb yozadi Spot.

Rossiya Ozbekiston energetikasiga sarmoya kiritmoqda, neft va gaz sanoatini rivojlantirishning eng yirik drayveri bolib, bu yerda atom elektr stansiyasi qurilmoqda.

Xitoy uzoq vaqtdan beri eksport va import boyicha respublikaning asosiy savdo sherigi bolib kelgan. Bundan tashqari, bir makon, bir yol tashabbusida Ozbekiston uchun muhim orin ajratilgan.

AQSh gumanitar va harbiy sohalarda hamkorlikni kengaytirmoqda, shuningdek, O'zbekiston infratuzilmasini yaratishda faol ishtirok etayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham mavjud.

Agar ular Ozbekistonga kim koproq sarmoya kiritishi nuqtai nazaridan raqobatlashsa, biz buni albatta olqishlaymiz. Ammo agar ular harbiy va siyosiy ambitsiyalarini kuchaytirishga harakat qilsalar... biz bir qutbga yaqinroq bo'lishni xohlamaymiz va boshqalari bilan ham masofa saqlaymiz, deydi Komilov.

Aynan Shuning uchun Ozbekiston Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga yaqinlashtirishga etibor qaratmoqda.

Yaratilayotgan yagona sayyohlik vizasi, Osiyo Shengen turi Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozbekiston ortasida chegaralarni ochish boyicha uzoq muddatli strategiyaning bir qismidir.

Mintaqadagi integratsiya ham zarur, chunki bu yerda xalqaro savdo yomon rivojlangan, bu butun savdo infratuzilmasiga salbiy tasir korsatmoqda.

Jahon bankining logistika samaradorligi yillik indeksiga kora, Markaziy Osiyo mamlakatlari dunyoda 71-orindan 134-oringacha. Bu juda past korsatkichlar:

Jahon bankining Markaziy Osiyo mintaqasi direktori Liliya Burunchukning aytishicha, Polshadan Shanxayga yuklarni jonatish istalgan Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan tezroq yuz beradi.

Mutaxassislar mintaqaning salohiyati hozirgi korsatkichlardan ancha yuqori ekanligi haqidagi fikrga qoshiladi. Savdo tartiblarini soddalashtirish yiliga deyarli 1% iqtisodiy osishni oshirishi va eksport hajmini 3-5 foizga oshirishi mumkin.

Mintaqa infratuzilmasini yaratish boyicha ishlar davom etmoqda. Ozbekiston va Qirgiziston Xitoy bilan Osiyoni Yevropa bilan boglaydigan temir yol loyihasi ustida ish olib bormoqda.

AQSh moliyaviy yordami bilan Ozbekiston transafgon postida ishtirok etadi, bu esa Fors korfazi va Hind okeanining portlariga temir yol koridorini ochishi mumkin. Bu 20 kundan ikki kungacha eng yaqin portga vaqtni qisqartiradi.

Ozbekiston va Xitoy temir yolining Qirgiziston orqali ulanishi Xitoyning Nankin shahridan Ozbekiston orqali Germaniyaning Duysburg shahriga togridan-togri yol ornatish imkonini beradi.

Yevropa va uzoq Sharqni bog'laydigan Ipak yo'lining markazi bo'lgan Markaziy Osiyoning kuchi bo'lgan narsalarni qayta tiklash kutilmoqda.

Bu esa avval Yevropa va Uzoq Sharqni boglagan Buyuk Ipak yoli markazi bolgan paytda Markaziy Osiyo kuchi hisoblangan narsalarni qayta tiklash imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-05-2019, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -