» » Bollivudning eng badavlat aktyor va aktrisalari (foto)

Bollivudning eng badavlat aktyor va aktrisalari (foto)


Quyida e’tiboringizga Hindistonning eng badavlat va talabgir aktyor va aktrisalari TOP-10 taligi havola etiladi. Ushbu ro‘yxatning 1-o‘rnini shubhasiz, Bollivud qiroli Shohruhxon o‘rin egalladi.

Bollivudning eng mashhur aktrisasi Karina Kapur Xon 10-o‘rinni egalladi.   Forbes‘ning “Hindistonning 100 nafar mashhurlari” ro‘yxatida u o‘n uchinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili u 36 million dollardan ortiq daromad ko‘rgan.

Priyanka Bollivuddagi eng talabgir aktrisalardan biri hisoblanadi. U Hindiston kino olamida mahshurlikka erishgach, xaqaro musiqa san’atida o‘zini sinab ko‘rishga ahd qildi. O‘tgan yili u 39 million dollar daromad ko‘rdi.

“Om Shanti Om”, “Tezlik 2” hamda “RAM VA Lila” filmlari bilan tanilgan aktrisa o‘tgan yili 40 million dollar daromad ko‘rdi.

U Forbes’ning “Eng mashhur hindistonliklar” ro‘yxatida 11-o‘rinni egallagan.

Hindiston kinosining “super qahramoni” Ritik Roshan “Bollivudning eng mashhur 10 aktyori” ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallaydi. O‘tgan yili u 63 million dollar daromad ko‘rdi.

Bollivud go‘zali Katrina Kaifni Hindistonning eng talabgir aktrisalaridan biri deyish mumkin. O‘tgan yili u 63 million dollar daromad topgan.

Yangi avlodning eng istiqbolli aktyori Ranbir Kapur ushbu reytingning beshinchi o‘rniga munosib ko‘rildi. Uning o‘tgan yilgi daromadi: 68 million dollar.

Akshay Kumar shu paytga qadar 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U o‘tgan yili 118 million dollar ishlab topdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Hindistonning eng namunali soliq to‘lovchilaridan biri hisobanadi. U har doim soliqlarni oldindan to‘lab keladi.

Hindistonning afsonaviy aktyori hanuzgacha eng talabgirligicha qolmoqda. U filmlar, reklama yoki boshqa tadbirlarda suratga tushish uchun juda katta haq oladi. Aktyor o‘tgan yili 147 million dollar ishlagan.

Taniqli aktyor o‘tgan yili filmlar va reklama roliklarida suratga tushish orqali 157 million dollar ishladi. Forbes’ning “Eng mashhur hindistonliklar” ro‘yxatida u uchinchi o‘rinda turadi.

O‘tgan yili film va reklama roliklarida 220 million dollar ishlab topgan aktyor “Bollivud qiroli” reytingning birinchi o‘rnini zabt etdi. Shohruh Xon faqat Hindistonning eng badavlat aktyori emas. U butun dunyoda badavlatlikda ikkinchi o‘rinda turuvchi aktyoridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют