» » Bo‘kadagi fermer xo‘jaligi shiyponidan 32 tup ko‘knor topildi

Bo‘kadagi fermer xo‘jaligi shiyponidan 32 tup ko‘knor topildi


Bo‘ka tumani IIB xodimlari 29-aprel kuni “Jo‘rabod” mahalla fuqarolar yig‘ini “Mustaqillik” fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponining yer maydonida 32 tup ko‘knor yetishtirilayotganini aniqladi.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotiga ko‘ra, ushbu giyohvand o‘simliklarni shu fermer xo‘jaligida ishlaydigan, vaqtincha Bekobod shahrida yashaydigan X.Yu. yetishtirgan.

“Uning yonidan 5 gramm marixuana giyohvandlik moddasi ham olindi”, — deyiladi vazirlik axborotida. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют