» » YChL. Liverpul Barselonaga javobsiz 4 ta gol urib, finalga chiqdi (video)

YChL. Liverpul Barselonaga javobsiz 4 ta gol urib, finalga chiqdi (video)


7-may, seshanba kuni futbol boyicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob oyinida Yurgen Klopp qol ostidagi Liverpul klubi Enfild stadionida Ernesto Valverde boshliq Kataloniyaning Barselona jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv davomida mersisaydliklarning ikki nafar futbolchisi Divok Origi (7, 79) hamda Jorjinyo Veynaldumning (54, 56) dubli Liverpulga yirik hisobdagi galabani taqdim etdi (4:0). Shu tariqa Klopp jamoasiBarselonani ikki oyin natijasiga kora 4:3 hisobida maglub etib, final yollanmasini qolga kiritdi.

Malumot uchun, qizillar finalda AyaksTottenhem uchrashuvi golibiga qarshi maydonga tushadi.

YChL

1/2 final bahsi

7-may, seshanba

Gollar: 1:0 7 Origi, 2:0 54 Veynaldum, 3:0 56 Veynaldum, 4:0 79 Origi

Liverpul: Alisson, Robertson (Veynaldum, 46), Matip, van Deyk, Aleksander-Arnold, Henderson, Fabinyo, Shaqiri, Milner, Mane, Origi (Jo Gomes)

Barselona: ter Shtegen, Alba, Langle, Serji Roberto, Pike, Koutinyo (Nelson Semedu, 60), Rakitich (Malkom, 80), Vidal (Artur, 75), Buskets, Suares, Messi

Ogohlantirishlar: Fabinyo (11), Buskets (45), Rakitich (53), Matip (66), Nelson Semedu (75)

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (8-05-2019, 02:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -