» » AQShdagi maktablarning birida otishma sodir bo‘ldi: jarohat olganlar bor

AQShdagi maktablarning birida otishma sodir bo‘ldi: jarohat olganlar bor


AQShning Denver shahridan 40 kilometr narida joylashgan Xaylends-Ranch aholi punktidagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida kamida yetti kishi jarohat olgan, deb xabar beradi NBC telekanali.

Jarohat olganlarning to‘rt nafarini ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. Maktab o‘quvchilarining barchasi evakuatsiya qilingan. Maktabda jami 1850 nafar o‘quvchi tahsil oladi.

Otishmani uyushtirishda gumonlanayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olingan. Hozirda gumonlanuvchilarning uchinchisini qidirish ishlari olib borilmoqda.

Otishma nima sababdan sodir bo‘lgani hozircha noma’lum. Ko‘ngilsiz hodisaga guvoh bo‘lgan o‘quvchilardan birining otasini aytishicha, jinoyatchi o‘quv xonasiga kirgan va pistoletdan o‘q uza boshlangan, ikkinchi “mergan” esa shu xonada bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют