» » Surxondaryoda olib qochilgan Nexia ustaxonadan topildi

Surxondaryoda olib qochilgan Nexia ustaxonadan topildi


Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida shu yil 17-aprel kuni noma’lum shaxslar “Ko‘klam” mahallasi hududida joylashgan shu MFY idorasi binosi oldida qarovsiz qoldirilgan Mustaqillik ko‘chasida yashovchi 49 yoshli Sh.X.ga tegishli Nexia rusumli avtomashinani haydab qochgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumot beradi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Denov tumani U.Hayyom ko‘chasida yashovchi 31 yoshli E.N., Olmazor ko‘chasida yashovchi 34 yoshli O.E. va “Obodon” mahallasida yashovchi Turkiston ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi ishchisi 28 yoshli M.D.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Avtomashina texnik soz holda yuqoridagi ustaxonadan topilgan. Tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют