» » Onlayn auksion orqali “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi o’sdi

Onlayn auksion orqali “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi o’sdi


29-apreldan 5-maygacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar qiladi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,8 milliard so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 17,5 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 46,5 foiz ikkinchi va 36 foiz uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 945,3 milliard so‘mdan 607,7 milliard so‘mga kamaydi. Valyuta savdo maydonchasi orqali 5,3 million dollarga teng tovarlar sotilib, sotuv hajmi 2,3 barobarga o‘sdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют