» » O‘zbekistonning birinchi Mudofaa vaziri Rustam Ahmedov Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi

O‘zbekistonning birinchi Mudofaa vaziri Rustam Ahmedov Afg‘on urushi qurbonlarini yodga oldi


Bugun, 8-may kuni poytaxtdagi “Vatanga qasamyod” haykali oldida Qurolli Kuchlar davlat muzeyi hamda “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi bilan hamkorlikda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan vatanparvarlik aksiyasi tashkillashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda mustaqil O‘zbekiston armiyasining afsonasi – birinchi Mudofaa vaziri, nafaqadagi general-polkovnik Rustam Ahmedov, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Harbiy aloqa instituti kursantlari hamda Tibbiy akademiya huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari, nafaqadagi harbiylar, Yoshlar ittifoqi vakillari, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi, “Nezabudki” bolalar raqs jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari urush yillaridagi o‘z xotiralarini yoshlarga so‘zlab berdi. Shuningdek, Afg‘on urushi qatnashchilari hamda mustaqillik yillarida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotirasi yodga olindi. Yoshlarni Vatanni sevish, uning tinchligi va osoyishtaligini asrash, unga loyiq inson bo‘lib yetishishga chaqirildi.

Tadbir so‘nggida faxriylarga esdalik sovg‘alari ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют