» » Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etildi

Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etildi


Prezident qaroriga muvofiq, Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti filiali tashkil etildi.

Filial universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan ta’limning asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Filialda ta’lim Rossiya federal ta’lim standartlariga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda universitet tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va ta’lim dasturlari asosida rus tilida amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Filial Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda universitet bilan kelishgan holda manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojidan kelib chiqib, 2019/2020-o‘quv yili va keyingi yillar uchun talabalarni qabul qilish kvotalari hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdorlarini belgilaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют