» » Qizining soch to‘yi marosimini “dabdabali” o‘tkazgan tojikistonlik jarimaga tortildi

Qizining soch to‘yi marosimini “dabdabali” o‘tkazgan tojikistonlik jarimaga tortildi


Tursunzoda shahar sudi fuqaroni “Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni buzganligi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda qayd etilishicha, tursunzodalik qizining soch to‘yini o‘tkazgan va marosimga 25 nafar qarindoshi va qo‘shnisini mehmon sifatida chaqirgan.

“Tojikiston Respublikasida urf-odatlar, bayramlar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga binoan farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq va shunga o‘xshash marosimlar faqat oila davrasida, ortiqcha sarf-xarajatsiz hamda dabdabasiz nishonlanishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Sud fuqaroga 5,5 ming somoniy (583 dollar) jarima to‘lash majburiyatini yukladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют