» » “Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

“Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi


Marvel kompaniyasining “Qasoskorlar. Intiho” filmi kassabopligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Film premyerasi o‘tkazilgan kundan ikki hafta davomida to‘plangan mablag‘lar 2 milliard dollardan oshdi. Mutaxassislarning fikricha, bu ko‘rsatkich yanada ortishi mumkin.

“Qasoskorlar” filmining yakuniy qismi 25-aprel kuni katta ekranlarda namoyish etilgan. Dastlabki uch kundayoq kassaga milliard dollar yig‘ilgan bo‘lib, tarixda kassabopligi jihatidan eng muvaffaqiyatli filmlar qatoridan o‘rin oldi.

Dunyo bo‘yicha namoyish etilgan ushbu film 11 kun davomida 2,189 milliard dollar to‘plab rekord daraja qayd etdi. Hozirda “Qasoskorlar. Intiho” filmi “Avatar” filmidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turibdi. Taqqoslash uchun, Jeyms Kemeronning ushbu filmi 2,788 milliard dollar to‘plagandi.

Toshkentda ushbu film premyerasi AQSh bilan bir hafta, Rossiya bilan Qozog‘istondan bir kunlik farq bilan 29-aprelda o‘tkazilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют