» » Turkiyada muqaddas Ramazonning birinchi kuni qanday o‘tdi (foto)

Turkiyada muqaddas Ramazonning birinchi kuni qanday o‘tdi (foto)


Musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining birinchi kuni dushanba, 6-may kuni bo‘lib o‘tdi.

Bu oyda musulmonlar ro‘za tutadi. Kun davomida ovqatdan, ichimlikdan, nomaqbul ishlardan o‘zini tiyadi. Namoz o‘qiydi, diniy ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi, sadaqa beradi.

Turkiya ahli ham boshqa musulmonlar kabi Ramazonni intiqlik bilan kutgan. Dushanba kuniga o‘tar kechasi bu yilgi ilk ro‘zani tutish uchun shaharda do‘mbiralar sadosi eshitildi. Ular Turkiyadagi musulmonlarni ilk saharlikka uyg‘otdi.

Ko‘pgina turklar an’anaga ko‘ra, birinchi iftorlikni masjid yaqinidagi maydonlarda va masjidlarda jamoa bo‘lib qarshilaydi.

Eng yoqimli lahzalar quyosh botib, og‘iz ochar mahalda boshlanadi. Ro‘zadorlar uchun tayyorlangan maxsus taomlar, shirinliklar, musiqiy festivallar va konsertlar shaharga yuqori kayfiyat ulashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 04:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют