» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” yirik hisobda yutdi, Obameyangdan het-trik, “Chelsi” esa penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (video))

Yevropa Ligasi. “Arsenal” yirik hisobda yutdi, Obameyangdan het-trik, “Chelsi” esa penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (video))


9-may, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining 1/2 finali doirasida javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi mehmonda Ispaniyaning “Valensiya” jamoasi bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida maydon egalari hujumchisi Kevin Gameyro Petr Chex darvozasiga to‘p kiritgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hsiobni tenglashtirdi (1:1). 50-daqiqaga kelib esa fransiyalik Aleksandr Lyakazett londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 58-daqiqada Kevin Gameyro dublga erishdi (2:2). 69 va 88-daqiqalarda Pyer-Emerik Obameyang tarib darvozasiga gol urib, het-trikka erishdi (4:2).

Shu tariqa London klubi safarda kechgan bahsda “Valensiya”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra esa hisob 7:3 “Arsenal” hisobiga hal bo‘ldi.

Mauritsio Sarri boshliq Londonning boshqa bir klubi “Chelsi” “Stemford Brij”da Germaniyaning “Ayntraxt Frankfurt” klubini qabul qildi.

Bellashuvning 28-daqiqasida “aristokratlar” yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Luka Yovich hisobni tenglashtirdi (1:1).

Qolgan daqiqalarda hamda qo‘shimcha bo‘limlarda ham g‘olib nomi aniqlanmadi.

Penaltilar Seriyasida London klubining qo‘li baland keldi va jamoa musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi (4:3).

Ma’lumot uchun, Yevropa Ligasining final uchrashuvi 29-may kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Angliyaning ikki klubi “Arsenal” va “Chelsi” chempionlik uchun kurash olib boradi.

Yevropa Ligasi

1/2 final bahslari

9-may, payshanba

Gollar: 1:0 — 11 Gameyro, 1:1 — 17 Obameyang, 1:2 — 50 Lyakazett, 2:2 — 58 Gameyro, 2:3 — 69 Obameyang

“Valensiya”: Neto, Garay, Gayya, Pichchini (Soler, 56), Gabriel, Vass, Parexo, Koklen, Gedesh (Ferran Torres, 71), Rodrigo (Santi Mina, 72), Gameyro

“Arsenal”: Chex, Kosyelni, Monreal, Kolashinats (Mustafi, 71), Papastatopulos, Torreyra (Gunduzi, 80), Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Mxitaryan, 62), Lyakazett, Obameyang

Ogohlantirishlar: Garay (38), Gayya (43), O‘zil (62).

Gollar: 1:0 — 28 Loftus-Chik, 1:1 — 49 Yovich

Penaltilar seriyasi: 4:3

“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen (Dzappakosta, 74), Aspilikueta, Emerson, David Luiz, Kovachich, Jorjinyo, Azar, Loftus-Chik (Barkli, 86), Villian (Pedro, 62), Jiru (Iguain, 96)

“Ayntraxt F”:   Trapp, Abraam, Falett, Hinteregger, da Koshta, Rode (de Guzman, 70), Kostich, Gachinovich (Pasiyensiya, 118), Hasebe, Rebich (Alle, 90+3), Yovich

Ogohlantirishlar: Falett (38), Rode (40), Kovachich (52), Aspilikueta (82), Abraam (90), de Guzman (90), Abraam (90), Dzappakosta (120+1)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 04:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют