» » Sarri va Emeri APLdagi debyut mavsumidayoq Yevrokuboklar finaliga chiqdi

Sarri va Emeri APLdagi debyut mavsumidayoq Yevrokuboklar finaliga chiqdi


2018/19-yilgi mavsum Yevropa Ligasining hal qiluvchi bahsida Londonning ikki klubi Arsenal va Chelsi ozaro bahs olib boradi.

Kanonirlar musobaqa yarim finalida Valensiyani ikkin oyin natijasiga kora 7:3 hisobida maglub etgan bolsa, koklar Ayntraxtni penaltilar seriyasida yutdi (2:2, penaltilar seriyasi 4:3).

Eslatib otamiz, mavsum boshida ikkala jamoaning ham bosh murabbiyi ozgardi Unai Emeri Arsenalda Arsen Venger ornini egallagan bolsa, Mauritsio Sarri esa hamyurti Antonio Konte Chelsini tark etgandan song jamoa boshqaruvini oz qoliga oldi.

Shu tariqa yoki Emeri, yoki Sarri Premyer ligadagi debyut mavsumidayoq jamoasi bilan sovringa ega chiqadi.

Bundan tashqari Emeri 4-marotaba oz jamoasini Yevropa Ligasining finaliga qadar olib chiqdi. Ispaniyalik mutaxassis 2014-yildan 2016-yilga qadar ketma-ket 3 marotaba mazkur musobaqa chempioniga aylangan. Oshanda Emeri Sevilya bosh murabbiyi bolgandi.

Malumot uchun, 47 yoshli mutaxassis topchilarni 2018-yilning may oyidan beri boshqarib keladi.

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 10:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -