» » O‘zbekistonda davlat tilini rivojlantirishga mas’ul idora tashkil etish va umummilliy diktant o‘tkazish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda davlat tilini rivojlantirishga mas’ul idora tashkil etish va umummilliy diktant o‘tkazish taklif qilinmoqda


“Yuksalish” umummilliy harakati savodli, o‘qimishli bo‘lish, davlat tili va boshqa xorijiy tillarni egallash jamiyatda, ayniqsa yosh avlod orasida trend bo‘lishi kerak, degan fikrda. Harakat o‘zbek tilini rivojlantirish va aholining imloviy savodxonligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqdi.

Ular quyidagilardan iborat:

O‘zbek tilini rivojlantirish va til bilish darajasini oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish hamda yaqin 5 yil mobaynida uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;

O‘zbek tilini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, til normalariga, shu jumladan, axborot stendlari va reklama materiallarida talablarga rioya etilishini nazorat qiluvchi, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish bilan shug‘ullanuvchi mas’ul davlat organini belgilash;

Til ko‘nikmalarini baholashning xalqaro tizimi asosida davlat tilini bilish darajasining yagona standartlari va minimal talablarini ishlab chiqish hamda joriy qilish maqsadida xorijiy tajribani o‘rganish va tadqiqotlar o‘tkazish;

Davlat tilida savodli yozish madaniyatini rivojlantirish va uning darajasini oshirish, shuningdek, savodxonlik masalasiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadidagi ixtiyoriy ta’lim aksiyasi — davlat tilida yillik umummilliy diktant o‘tkazish;

Malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv muassasalari yoki manfaatdor tomonlar binolarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha bepul kurslar tashkil etish. Bu yerda fuqarolar innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida o‘zlarining so‘zlashuv nutqini va savodli yozish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi;

O‘zbekiston hududida istiqomat qilayotgan fuqarolarning davlat tilini bilish darajasini oshirishga qaratilgan elektron platforma ishlab chiqish va uni ishga tushirish. Bolalar va yoshlarni interfaol usulda til normalariga o‘rgatishga qaratilgan mobil ilovalar yaratish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют