» » Janubiy Koreyada yuz bergan yongin oqibatida ozbekistonlik talaba halok boldi

Janubiy Koreyada yuz bergan yongin oqibatida ozbekistonlik talaba halok boldi


Janubiy Koreyada tehsil olayotgan ozbekistonlik talaba 22 yoshli Farruh Mominov Seul shahrida joylashgan ozi yashayotgan uyda chiqqan yongin oqibatida halok boldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ozbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi bergan malumotlarga kora, 9-may kuni ozbekistonlik talabalar Mutal Yoldoshev (1997-yilda tugilgan) va Farruh Mominov (1996-yilda tugilgan) bolgan Seul shahridagi kvartirada mahalliy vaqt bilan taxminan soat 14:30 da yongin sodir bolgan. Natijada Farruh Mominov voqea joyida vafot etgan.

Mutal Yoldoshev ikkinchi darajali kuyish jarohatini olgan va shoshilinch tibbiy yordam korsatish uchun Hanil kasalxonasiga olib borilgan.

Konsul va yaqin dostlari ishtirokida marhumni aniqlash borasida amaliyot otkazildi. Diplomatik vakolatxona vakillari Mutal Yoldoshevning ahvolidan ham xabar oldi. Shifokorlar bemorning ahvolini ogir deb baholamoqda.

Hozirda politsiya tomonidan yongin sabablarini va hodisaga sabab bolgan boshqa barcha omillarni aniqlash uchun tergov olib borilmoqda.

Ozbekiston fuqarolari bilan bogliq mazkur holatni elchixona nazoratda ushlab turibdi, Hanil kasalxonasi rahbariyati bilan muloqotda bolib turibdi va fuqaro jasadini Vatanga jonatish masalasi ustida ish olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 15:59)
-1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
:
-
:
20 ... -