» » IIV Andijonda uyni buzishni kelganlarni toshbo‘ron qilganlarga nisbatan ko‘rilgan choralarga izoh berdi

IIV Andijonda uyni buzishni kelganlarni toshbo‘ron qilganlarga nisbatan ko‘rilgan choralarga izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Uy egalari uyini buzishga kelganlarni toshbo‘ron qildi va buzilishlarga tanasi bilan to‘sqinlik qildi” degan nom bilan tarqatilgan videolavha Andijon viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 2017-yil 21-dekabr kuni da’vogar Izboskan tumani, “Uzunko‘cha” mahalla fuqarolari yig‘ini, Madrasa ko‘chasi, 36-uyda yashovchi Karimova Maxsudaxonni javobgar, shu mahalladagi M.Boltaboyev ko‘chasi, 20-uyda yashovchi fuqaro Mamatojiyev Obidjon va boshqalarga nisbatan da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan fuqarolik ishi ko‘rib chiqilgan.

Sudning 2018-yil 11-yanvar kungi hal qiluv qarori va shu kungi ijro varaqasiga ko‘ra, nizoli Izboskan tumani “Uzunko‘cha” mahalla fuqarolari yig‘ini, Oydinhayot (sobiq M.Boltaboyev) ko‘chasida 1.389 kvadrat metr yer maydonida joylashgan 20-uyga javobgar Mamatojiyev Obidjon tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ayvon va bostirma qurilmalari javobgar hisobidan majburiy tartibda yoki da’vogar tomonidan buzdirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Izboskan tumani bo‘limining 2019-yil 2-may kungi ijroni amalga oshirish haqidagi 9899-sonli xatiga asosan, FIB Izboskan tumanlararo sudining 2018-yil 11-yanvar kungi hal qiluv qarori va ijro varaqasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 4-may kuni “Uzunko‘cha” mahallasida joylashgan noqonuniy qurilmani buzdirish tayinlangan.

Sud ijro varaqasi ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan sud ijrochilari va tadbirga jalb etilgan mas’ullar 2019-yil 4-may kuni soat 11.00da Oydinhayot ko‘chasidagi noqonuniy qurilgan xonadonda yashovchi Mamatojiyev Obidjonning yashash xonadoniga kelgan. Fuqaroga sudning hal qiluv qarori va ijro varaqasi o‘qib eshittirilib, ijrosini ta’minlash uchun xonadonni bo‘shatib qo‘yishlari to‘g‘risida tushuntirilishiga qaramasdan, javobgar va uning turmush o‘rtog‘i Mamatojiyeva Barnoxon sud qarori ijrosini amalga oshirilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Jamoatchilik oldida baqir-chaqir qilib, uyatli so‘zlar bilan tadbirga jalb etilgan mas’ullarni haqorat qilishgan va qo‘liga tosh olib, noqonuniy qurilgan uyni buzishga jalb etilgan maxsus traktor oynalariga qarata otgan. Sud ijrochilari va tuman IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganliklari uchun profilaktika inspektori leytenant U.Qurbonov tomonidan xonadon egasi O.Mamatojiyevga qo‘l kishani solinib, bu haqda tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi orkali axborot berilgan.

Tadbir davomida fuqaro O.Mamatojiyev va uning turmush o‘rtog‘i B.Mamatojiyeva tomonidan sud ijro varaqasi ijrosini ta’minlashga to‘sqinlik qilganliklari va sud ijrochilari hamda IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganlik holatlari bo‘yicha surishtiruv hujjatlari olib borildi. To‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.

Yuqorida qayd etib o‘tilgan jarayon O.Mamatojiyevning qo‘shnilari Xoldarova Feruza va Sodiqova Nozima mobil telefoni yordamida videotasvirga olganligi aniqlandi.

Tadbir davomida ushbu holatni videotasvirga olgan Oydinhayot ko‘chasida yashovchi, Andijon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida hamshira vazifasida ishlovchi Xoldarova Feruzaxon o‘zini Majburiy ijro byurosi xodimlari urib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat tuman IIBda 2019 yil 4 may kuni ro‘yxatdan o‘tkazilib, hozirda tuman prokuraturasi tergovchisi A.Abdumalikov tomonidan Mamatojiyev Obidjon va uning turmush o‘rtog‘i Mamatojiyeva Barnoxonga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019-yil 10-may kuni sud muhokamasiga taqdim qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют