» » Zangiotada xorijdan noqonuniy keltirilgan kompyuter qurilmalarini sotayotgan shaxs ushlandi

Zangiotada xorijdan noqonuniy keltirilgan kompyuter qurilmalarini sotayotgan shaxs ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tumani bo‘limi Toshkent viloyati bojxona xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor tadbirda fuqaro D.I. Qozog‘istonda yashovchi “Erlan” ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan jami 169,3 million so‘mlik kompyuter qurilmalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda olib o‘tgani aniqlandi. U qurilmalarni Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni hududida fuqaro Yo.S.ga 105,0 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют