» » Ekspert: O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda?

Ekspert: O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda?


Iqtisodchi Anton Shabanov qator davlatlar faol ravishda oltin sotishi, boshqa davlatlar bu oltinni katta hajmlarda sotib olishi sabablariga to‘xtaldi.

World Gold Council ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning birinchi choragida O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Respublika 6,2 tonna qimmatbaho metall sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichda ikkinchi o‘rin Mo‘g‘ulistonga (3,4 tonna) tegishli bo‘lsa, uchlikni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston yakunlagan.

Anton Shabanovning aytishicha, faol oltin savdosi davlat o‘z oltin-valyuta zaxiralarini isloh qilayotgani yoki uning moliyaviy ko‘makka muhtojligidan dalolat beradi.

Ekspert fikriga ko‘ra, murakkab iqtisodiy vaziyatda turgan ko‘plab mamlakatlarda xuddi shunday tendentsiya kuzatiladi. Bu holatda davlatlar zaxiraning bir qismini sotadi va tushgan mablag‘larni o‘zining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda sarflaydi.

“Oltin — bu xatardan qochishdir, ayni sharoitda esa bu siyosiy xatardan qochish hisoblanadi. Axir bu qimmatbaho metallni narxlar beqarorligiga qaramasdan hamisha xarid qilish va sotish mumkin”, — dedi Shabanov.

Joriy yil fevral—mart oylaridan oltin narxi arzonladi, chunki pul tikishning yanada qiziqarli va daromadli yo‘llari topilmoqda, ammo bu holat hamisha o‘zgarib turadi, deya ta’kidlaydi ekspert.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют