» » BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori O‘zbekistonga keladi

BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori O‘zbekistonga keladi


BMT Taraqqiyot dasturi ma’muri yordamchisi, BMTTDning Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Miryana Spolyarich Egger 13—14-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda “Daryo”ga BMTTDning O‘zbekistondagi ofisi ma’lum qildi.

O‘zbekistonga ilk marotaba amalga oshiradigan tashrifi davomida Miryana Egger vazirliklar va idoralar vakillari bilan BMTTD va O‘zbekiston o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash, davlat boshqaruvini takomillashtirish, bandlik, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, sud islohotlari va atrof muhitni muhofaza qilish kabi sohalardagi rivojlanish va hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun uchrashadi.

BMTTDning Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan amalga oshiriladigan “O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish” yangi loyihasini ishga tushirilishi marosimida hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy forumda qatnashadi.

Ma’lumot uchun, BMTTD O‘zbekistondagi faoliyatini 1993-yildan beri olib bormoqda va hukumat bilan milliy rivojlanishga to‘siqlik qilayotgan muammolarni hal qilish yo‘llarini topishda hamkorlik qilmoqda. BMTTD O‘zbekistonda uch yo‘nalish — barqaror iqtisodiy rivojlanish, davlat boshqaruvi, iqlim o‘zgarishiga moslashuv va atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют