» » Toshkentda 24 nafar tadbirkorga 2,1 trln so‘mlik investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar topshirildi

Toshkentda 24 nafar tadbirkorga 2,1 trln so‘mlik investitsiya loyihalari bo‘yicha qarorlar topshirildi


Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan “Investor kuni”da 24 nafar tadbirkorga 2,1 trillion so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar topshirildi. Bu haqda shahar hokimligining matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar hokimligida har chorshanba kuni o‘tkazilayotgan “Investor kuni”da shahar istiqboliga xizmat qiladigan loyihalar ko‘rib chiqilmoqda. 8-may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda respublika ishchi guruhi tomonidan ma’qullangan 46 nafar tadbirkor sanoat korxonalarini ochish, yangi turar joy va xizmat ko‘rsatish muassasalarini barpo etishga oid loyihalari bilan ishtirok etdi.

46 nafar tadbirkorning 24 nafariga umumiy qiymati 2,1 trillion so‘mlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Toshkent shahar hokimining qarorlari topshirildi. Shundan 88,5 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyadir. Shuningdek, jami qiymati 375,3 milliard so‘m bo‘lgan 22 ta loyiha yuzasidan vakolatli tashkilotlar bilan kelishuv jarayoni bo‘lib o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют